favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda haftaning har shanbasi— sport kuni!

view 87

Toshkent davlat agrar universitetida har haftaning shanba kuni professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar uchun sport kuni etib belgilangani haqida xabar bergan edik. Mazkur tashabbus doirasida universitet rektori N.Oblomuradov boshchiligida futbol musobaqasi tashkil etildi. Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoa muhitini mustahkamlash va xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘tkazilmoqda.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.