logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda “Hayvonlar anatomiyasi” fanidan talabalar örtasida olimpiada ötkazildi

view 1

Toşkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti Veterinariya meditsinasi kafedrasida talaba-yoşlarning nazariy bilimlarini mustahkamlaş, amaliy könikmalarini rivojlantiriş hamda ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etiş maqsadida “Hayvonlar anatomiyasi” fanidan fan olimpiadasi taşkil etildi.
Tadbirni fakultet dekani X.Donayev va kafedra mudiri B.Ölmasov oçib berib, fan olimpiadalarining talabalarning bilim salohiyati, mustaqil fikrlaşi va kasbiy mahoratini oşirişdagi ahamiyatini taʼkidladilar. Şuningdek, iştirokçilarga musobaqaning şartlari, baholaş mezonlari va ötkaziliş tartibi haqida maʼlumot berildi.
Olimpiada uçta şart asosida taşkil etilib, unda talabalar hayvonlarning tana tuzilişi va içki organlari anatomiyasiga oid bilimlarini namoyiş etdilar. Amaliy topşiriqlar davomida rasm va anatomik mulyajlardan foydalangan holda hayvonlar organizmining tuzilişi yuzasidan öz bilim va könikmalarini sinovdan ötkazdilar.
🏆 Olimpiada yakunlariga köra:
🥇 1-örin — “Elita” jamoasi;
🥈 2-örin — “Tafakkur” jamoasi;
🥉 3-örin — “ÇatGPT” jamoasi.
Ğolib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

No posts

1930-yilda Örta Osiyo davlat universitetining qişloq xöjaligi fakulteti negizida Örta Osiyo qişloq xöjaligi instituti taşkil etildi. 1934–1991-yillarda uşbu institut Toşkent qişloq xöjaligi instituti nomi bilan faoliyat yuritdi. 1991-yil aprel oyida institutga Toşkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.