Toshkent davlat agrar universitetida Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan “Ixtiro talabnomasida analog va eng yaqin analog tushunchasi”, “Seleksiya yutuqlarining huquqiy muhofazasi” mavzularida seminar o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda qatnashgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlarga “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mas’ul xodimlari tomonidan soha bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Tashkil etilgan seminar-trening jonli bahs-munozaralar va ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Kun tartibidagi masalalar keng muhokama qilinib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


