logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda “Kelajak tadbirkori – 2026” yarmarkasi bölib ötmoqda

view 4

Bugun, Toşkent davlat agrar universitetida yoşlar bandligini ta’minlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va aholi daromadlarini oşirişga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi bölib ötmoqda.
Yarmarkada “Özmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoşimov, Toşkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov, Toşkent viloyati hokimi örinbosari Nilufar Normirzayeva hamda boşqa mas’ullar va talaba-yoşlar iştirok etmoqda. Yarmarka Prezidentning tegishli qarorlari hamda hududlarda aholi bandligi va daromadlarini oşiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan çora-tadbirlar ijrosi doirasida taşkil etilmoqda. Tadbirda Toşkent viloyatidagi oliy ta’lim taşkilotlari hamda 100 ga yaqin yetakçi korxona, taşkilot va tadbirkorlik subyektlari iştirok etmoqda. İş beruvçilar öz faoliyati, mavjud böş iş örinlari, kasbiy talablar va işga joylaşiş imkoniyatlari haqida ma’lumot bermoqda. Şuningdek, uşbu yarmarka yoşlarning kasbiy salohiyatini röyobga çiqarish, ularni munosib iş örinlariga yönaltirish, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda ta’lim muassasalari va iş beruvçilar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.