logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda “Kelajak tadbirkori – 2026” yarmarkasi doirasida iş beruvçilar bilan uçraşuv ötkazildi

view 2

Toşkent davlat agrar universitetida “Kelajak tadbirkori – 2026” yarmarkasi doirasida talabalar hamda iş beruvçi taşkilotlar vakillari iştirokida uçraşuv bölib ötdi. Unda Tuproqşunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, “Tuproq tahlil markazi” davlat muassasasi, “Özdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalaş instituti hamda Respublika agrokimyoviy tahlil markazi vakillari qatnaşdi. Muloqot davomida ta’lim, ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini rivojlantiriş, dual ta’lim tizimini takomillaştiriş, talabalar amaliyotini samarali taşkil etiş hamda agrar soha uçun zamonaviy bilim va amaliy könikmalarga ega mutaxassislar tayyorlaş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, talabalar iş beruvçilar bilan bevosita muloqot qilib, kasbiy faoliyat, amaliyot ötaş imkoniyatlari, mutaxassislarga qöyiladigan talablar va kelgusidagi bandlik istiqbollari yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.