Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim jarayonini raqamlashtirish, masofaviy ta’lim samaradorligini oshirish hamda professor-o‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy seminar-trening tashkil etildi. Seminar-trening LMS (Learning Management System) — ta’limni boshqarish platformasida ishlash bo‘yicha tashkil etilib, unda masofaviy ta’lim dasturlarini yagona elektron muhitda boshqarish va platforma imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Mashg‘ulotlar davomida professor-o‘qituvchilarning raqamli pedagogik kompetensiyalarini takomillashtirish, elektron ta’lim resurslarini shakllantirish hamda o‘quv jarayonini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy yondashuvlar ko‘rib chiqildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:






