Toshkent davlat agrar universiteti Huquqshunoslik kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil etgan “Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi” doirasida “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar davomida mualliflik huquqini himoya qilish, plagiatning oldini olish hamda ilmiy va ta’lim faoliyatida akademik halollik tamoyillariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar va ta’lim jarayonida o‘zgalarning intellektual mehnatini hurmat qilish, manbalardan to‘g‘ri foydalanish hamda akademik mas’uliyatni oshirishning ahamiyati muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:






