logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda nufuzli anjuman sho‘balar ishiga ulandi

view 18

Professor Akrom Rasulov xotirasiga bag‘ishlangan “Barqaror rivojlanishda yer resurslaridan samarali foydalanish strategiyalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanining ikkinchi yarmida ishtirokchilar nafaqat nazariy ma’ruzalar, balki universitet o‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligida o‘tkazilgan dala amaliyoti orqali ilmiy ishlanmalarning amaliy natijalari bilan ham tanishdilar. Sho‘balar ishi: 7 ta yo‘nalishda ilmiy muhokamalar o‘z ishini davom ettirdi:
1-sho‘ba: Iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligi va tuproq degradatsiyasiga qarshi strategiyalar.
2-sho‘ba: Yer resurslarini boshqarishda GAT, masofadan zondlash va Sun’iy intellekt yechimlari.
3-sho‘ba: Resurs tejamkor va “yashil” innovatsiyalar orqali tuproq unumdorligini oshirish.
4-sho‘ba: O‘simliklar himoyasida ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy etish.
5-sho‘ba: Seleksiya va agrobiotexnologiyada yer resurslaridan foydalanish ahamiyati.
6-sho‘ba: Meva-sabzavotchilikda tuproq unumdorligining barqaror boshqaruvi.
7-sho‘ba: Qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslardan foydalanishning ekologik-iqtisodiy mexanizmlari.
Har bir sho‘bada sohaning yetuk professorlari va yosh olimlar o‘zaro fikr almashib, agrar sohani rivojlantirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalarni shakllantirdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.