Toshkent davlat agrar universiteti Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi mudiri, professor N.X. Noraliyev boshchiligida “Prototiplash texnologiyalari (3D printing, elektronika, dasturlash)” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan prototiplash jarayonining nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, 3D modellashtirish va chop etish, elektron qurilmalarni loyihalash hamda dasturlash bosqichlari haqida tushunchalar taqdim etildi. Tadbir mazmunli va munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Talabalar o‘z startap g‘oyalarini amalga oshirishda prototip yaratish jarayoni, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi hamda kelgusida ham shunday amaliy mashg‘ulotlarni muntazam tashkil etish rejalashtirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

