Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi DSc.05/07.06.2024.Qx.13.03 raqamli Ilmiy kengashda Tojikiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi Soliyev Zokirxo‘ja Maxmudxo‘jayevichning “Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyati sharoitida turli qishloq xo‘jaligi ekinlari ekinlarida mahalliy fosforitlardan foydalanish jihatlari va ularni qo‘llash texnologiyasi” mavzusidagi dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi. Dissertatsiyada Sug‘d viloyatining turli tuproq sharoitlarida fosforit unining pomidor va sabzi ekinlariga ta’siri, tuproqdagi oziq moddalarning harakatchan shakllari dinamikasi, o‘simliklarning NPK elementlarini o‘zlashtirish darajasi, bioenergetik va agrokimyoviy samaradorligi chuqur ilmiy asosda tahlil etildi. Ushbu ilmiy ish fosforit asosidagi o‘g‘itlarni amaliyotga joriy etish va yuqori hosil olishda muhim ilmiy-amaliy yechimlarni taklif etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar: