Bugun kun davomida talaba-yoshlarni birlashtirgan, ularning ijodiy, intellektual, sport va madaniy salohiyatini namoyon etishga xizmat qilgan “Talaba Fest” festivali tantanali yopilish marosimi bilan o‘z nihoyasiga yetdi.
Festivalning yakuniy kunida ishtirokchilar uchun “Karaoke” maydonchasida jonli qo‘shiqlar ijro etilib, talaba-yoshlar o‘zlarining musiqiy iste’dodlarini namoyish etdilar. Shuningdek, “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari tomonidan tayyorlangan qiziqarli sahna ko‘rinishlari va shou dasturlar tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashdi. Festivalning yopilish marosimi doirasida turli yo‘nalishlarda faol ishtirok etgan va yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlar hamda jamoalar tantanali ravishda taqdirlandilar.
Tadbirning eng kutilgan qismi — gala-konsert dasturi o'tkazilib, unda jonli ijrolar, zamonaviy shou elementlari va musiqiy chiqishlar festivalga o‘zgacha fayz bag‘ishladi hamda ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.
“Talaba Fest” nafaqat iste’dodlar namoyishi, balki oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlagan yirik yoshlar festivali sifatida barchaning yodida qoldi.
Ijtimoiy tarmoqlar:









