Payşanba — Yoşlar kuni munosabati bilan Toşkent davlat agrar universitetida talabalar iştirokida navbatdagi maʼrifiy va kasbga yönaltiruvçi uçraşuv taşkil etildi. Tadbirda FVV Akademiyasi Rekrutment bölimi boşliği, polkovnik Umidjon Hamdamov, Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliğining birinçi örinbosari, podpolkovnik Mavlon Yunusov, universitetning öquv işlari böyiça prorektor Sayfulla Boboyev, hamda Fuqaro va mehnat muhofazasi bölimi boşliği F. Norbötayev hamda talabalar iştirok etdi. Tadbir davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-apreldagi PQ-123-son qarori asosida Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş sohasida malakali kadrlar tayyorlaş tizimidagi yangiliklar, Akademiyaga öqişga qabul jarayonlari hamda yoşlar uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Şuningdek, talabalarga:
2+2 taʼlim şakli;
Qutqaruvçilik kasbiga tayyorlaş texnikumi;
“Şahrisabz” Temurbeklar maktabi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining bakalavriat taʼlim yönalişlari;
öqişga kiriş tartibi va yaratilgan şart-şaroitlar haqida tuşunçalar berildi
Uçraşuv davomida talabalarga sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiliş, yonğin xavfsizligi talablarini bajariş hamda kundalik hayotda favqulodda vaziyatlarning oldini olişva xavfsizlik çoralariga amal qiliş yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Uçraşuv yakunida talabalar mutaxassislarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, zarur maʼlumotlarga ega böldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing
No posts









