logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi g‘oliblari aniqlandi

view 65

Toshkent davlat agrar universitetida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Mazkur musobaqa talaba-qizlarning nafaqat sport va jismoniy tayyorgarligini, balki ularning vatanparvarlik tuyg‘ulari hamda jamoaviy birdamligini namoyon etish uchun o‘ziga xos maydon vazifasini o‘tadi. Tanlov davomida fakultet jamoalari bir necha shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashib, hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholab borildi. Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin: Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti (18 ball);
2-o‘rin: O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti (16 ball);
3-o‘rin: Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti jamoalari (15 ball).

Ta’kidlash joizki, bunday musobaqalar yosh xotin-qizlarimizning o‘z iqtidorlarini yuzaga chiqarishlari, jismonan va ma’nan yetuk bo‘lib voyaga yetishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda universitet bosqichi g‘oliblari musobaqaning Respublika bosqichida TDAU sharafini himoya qiladilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.