logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

view 92

Bugun,Toshkent davlat agrar universitetida “Meva-sabzavot yetishtirishda innovatsion usullar va hosildorlikni oshirish masalalari” mavzusida nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohadagi tegishli qarorlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i ijrosini ta’minlash, qishloq xo‘jaligiga ilg‘or innovatsiyalarni jalb etish maqsadida tashkil etildi.

Xalqaro anjuman doirasida soha ekspertlari, olimlar va tadqiqotchilar quyidagi 5 ta asosiy sho‘bada muhim masalalarni muhokama qildilar:

Innovatsion texnologiyalar o‘rni: Turli mintaqalarda meva-sabzavotchilik, uzumchilik va kartoshkachilikning hozirgi holati va hosildorlikni oshirish strategiyalari.
Seleksiya va urug‘chilik: Ekinlar seleksiyasi, kam tarqalgan ekinlar introduksiyasi va yetishtirishning zamonaviy usullari.
O‘simliklar himoyasi: Hosilni kasallik va zararkunandalardan asrashda innovatsion texnologiyalarning samaradorligi.
Agrokimyo va tuproqshunoslik: Mahsulot sifati va hosildorligini oshirishda organik hamda mineral o‘g‘itlarning o‘rni.
Eksport va qayta ishlash: Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, quritish, qadoqlash hamda eksport salohiyatini oshirishning dolzarb yechimlari.


✅Anjuman yakunida ishtirokchilar tomonidan sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.