logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda xalqaro seminar-trening: Malayziyalik ekspert bilan interaktiv muloqot o’tkazildi

view 3

TDAUda xalqaro seminar-trening: Malayziyalik ekspert bilan interaktiv muloqot o'tkazildi Toshkent davlat agrar universitetining Qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti hamda Xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan oliygohda xalqaro doiradagi seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirga Malayziyaning nufuzli Universiti Pendidikan Sultan Idris vakili, native speaker — Assoc. Prof. Dr. Syakirah binti Samsudin taklif etildi. Seminar davomida professor-o‘qituvchilar ingliz tilini o‘qitishning eng zamonaviy metodlari, xalqaro ta’lim standartlari va dars jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar. Trening shunchaki ma’ruza formatida emas, balki qizg‘in interaktiv tarzda tashkil etildi. Ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda amaliy mashqlarni bajardilar, o‘zaro fikr almashib, sohadagi yangiliklar yuzasidan mutaxassisdan batafsil javoblar oldilar. Ushbu seminar-trening universitetimizda ta’lim sifatini yanada oshirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini xalqaro darajaga olib chiqish hamda xorijiy tillarni o‘qitishda yangi bosqichni boshlab berishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.