logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida Basketbol 3х3 bahslari yakunlandi

view 33

Universitetimizda sportning ommaviyligini oshirish maqsadida tasdiqlangan reja-grafik asosida talabalar o‘rtasida Basketbol 3х3 bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Qizg‘in kechgan o‘yinlarda fakultet jamoalari bor mahoratlarini namoyish etishdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi: Basketbol 3х3 natijalariga ko'ra (yigitlar o‘rtasida) hal qiluvchi final bahsida O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni fakulteti jamoasi O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti ustidan g‘alaba qozonib, turnir chempioniga aylandi.
1-o‘rin: O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni fakulteti;
2-o‘rin: O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti; 3-o‘rin: Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti.
Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Zooinjeneriya fakulteti jamoasi yuqori tayyorgarlik namoyish etib, barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
1-o‘rin: Zooinjeneriya fakulteti; 2-o‘rin: O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti;
3-o‘rin: Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti.

G‘olib jamoalarni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi bahslarda zafarlar tilaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.