logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda zamonaviy geodezik uskunalar amaliyotga joriy etilmoqda

view 0

Toshkent davlat agrar universitetining Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi “Yer tuzish va yer kadastri” ta’lim yo‘nalishida amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish maqsadida universitet tomonidan xarid qilingan zamonaviy geodezik asbob-uskunalar kafedraga yetkazib berildi. Yangi uskunalar joyida sinovdan o‘tkazilib, ularning texnik imkoniyatlari hamda o‘quv jarayonida foydalanish yo‘nalishlari professor-o‘qituvchilar bilan muhokama qilindi. Mazkur uskunalar yordamida talabalar geodezik o‘lchashlarni amalga oshirish, yer maydonlarini xaritalash, koordinatalarni aniqlash, yer tuzish va kadastr ishlarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.