logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUning Buxoro viloyati loyiha ofisi o‘z faoliyatini boshladi

view 185

Agrar sohada ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida muhim qadam tashlandi. Prezidentimizning PQ-135-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida Toshkent davlat agrar universitetining Buxoro viloyati loyiha ofisi tashkil etildi. Mazkur loyiha ofisini yo‘lga qo‘yish hamda uning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan TDAU ishchi guruhi a’zolari va tuman mas’ul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida hududlarda mavjud dolzarb muammolar chuqur tahlil qilinib, ularni samarali hal etish mexanizmlari, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, istiqbolli loyihalarni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Loyiha ofisi faoliyati hududlarda agrar sohani ilmiy asosda rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda ilm-fan va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qingf

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.