logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Tibbiyot xodimlarining farzandlari uchun kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi

view 39

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi “Davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 310-son qarori bilan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim imtiyozlar belgilandi.

🎓 Unga ko‘ra, davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat bosqichida o‘qish uchun to‘lanadigan yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdorida, biroq BHMning 15 baravaridan oshmagan qismi qoplab beriladi.

🏠 Shuningdek, kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olishda dastlabki badal to‘lovining 25 foizini qoplab berish tartibi ham joriy etilgan.

📲 Arizalar subsidiya.imv.uz saytining quyidagi sahifasida qabul qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.