2026-yil 21-oktabr kuni Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan Toşkent davlat agrar universiteti Axborot-resurs markazida ARM xodimlari hamda Agroinjeneriya va agrotexnologiyalar fakultetining «Biologiya» ta’lim yönalişi talabalari iştirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirni Axborot-resurs markazi direktori Jahongir Pölatoviç oçib berib, iştirokçilarni bayram bilan tabrikladi hamda ona tilining milliy qadriyatlar tizimi va xalqimiz ma’naviy hayotidagi ahamiyati haqida söz yuritdi.
Tadbir davomida Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Olim Madaminoviç Yöldoşev özbek tili bayramining tarixi, uning davlat tili sifatidagi maqomi, şuningdek, özbek tiliga davlat tili maqomi berilişi bilan boğliq muhim tarixiy voqealar haqida ma’lumot berdi.
Bayram dasturi talabalar tomonidan şe’rlar öqilişi va raqslar ijro etilişi bilan davom etdi. Talabalarning ijodiy çiqişlari tadbirga özgaça ruh bağişlab, iştirokçilarda ona tiliga bölgan mehr va hurmat tuyğularini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.
Mazkur tadbir ona tilining milliy özlik, ma’naviyat va xalqimizning bebaho boyligi sifatidagi ahamiyatini keng tarğib qiliş, uni asrab-avaylaş va rivojlantiriş zarurligiga e’tiborni qaratiş, şuningdek, talaba-yoşlar qalbida ona tiliga nisbatan hurmat tuyğusini şakllantirişga xizmat qildi.
Til – millat ruhi va milliy özligimiz timsolidir
18 Noyabr 2026
