favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti: 95 yillik yubileyga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda

view 61

Toshkent davlat agrar universiteti 1930-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2025-yilda o‘zining 95 yillik yubileyini nishonlash rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, universitetda tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda.
Yubileyga bag‘ishlangan tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida universitet rektori N.Oblomuradov boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruh bilan bugun bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, universitet tarixiga bag‘ishlangan kitob nashri uchun tayyorgarlik holati, universitet muzeyini tashkil etish bo’yicha ishlar, faxriylar va fakultetlardan tarixiy materiallar to‘plash kabi masalalari kòrib chiqildi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.