logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakultetiga qarashli 15-sonli talabalar turar joyida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

view 35

Tadbirda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat tizimini boshqarish” bo‘limi boshlig‘i A.A.Toshmuhammedov, bosh mutaxassis A.E.Xaitov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i S. Isroilov hamda fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi A. Abduraimov ishtirok etib, talabalarga mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar. Uchrashuv davomida korrupsiyaning jamiyat va ta’lim tizimiga salbiy ta’siri, uning oldini olish mexanizmlari, shuningdek, komplaens nazorat tizimining mazmun-mohiyati va muassasalarda shaffoflikni ta’minlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.