Avval xabar berganimizdek, Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Gyeongkuk milliy universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Safarning ilk kunida delegatsiya universitetning asalarichilik tajriba xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur xo‘jalikda amalga oshirilayotgan ilg‘or ilmiy tadqiqotlar va amaliy loyihalar haqida professor Youngdae Lim tomonidan batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida tomonlar tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar
Ijtimoiy tarmoqlar: