Ayni vaqtda Toshkent davlat agrar universiteti professor-o’qituvchilaridan iborat delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Anhui qishloq xo‘jaligi universitetida malaka oshirishmoqda. Agronomiya, Muhandislik, Axborot texnologiyalari va Sun’iy intellekt maktablarida bo’lib o’tayotgan mashg’ulotlar har bir qatnashchining bilimlarini yana ham boyishiga, malakalarini orttirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, delegatsiya Molekulyar biologiya, Biznes va Menejment maktablariga qarashli o‘quv xonalari, zamonaviy laboratoriya jihozlari hamda ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlar: