Universitetimiz rektori Narzullo Oblomuradov Xitoy Xalq Respublikasining “Beijing Silk Road Voyage Cultural Exchange Center” kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Muzokaralar davomida Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim ekserti hajmini oshirishda qo’l keladigan kelishuvlarga erishildi hamda bu borada hamkorlik memorandumi imzolandi. Kelishuv shartlariga asosan “Beijing Silk Road Voyage Cultural Exchange Center” kompaniyasi Xitoy Xalq Respublikasining jahon top 1000 talik ro’yxatiga kirgan oliygohlarining qishloq xo’jaligi sohasiga qiziquvchi bakalaviriat, magistrartura bosqichlari talabalari hamda ilmiy tadqiqotchilarini o’qishining qolgan qismini Toshkent davlat agrar universitetida davom ettirishida amaliy ishlar olib boradi.
Bu esa o’z o’rnida universitetimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash, universitetimiz tajribasini butun jahonga keng yoyishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar: