Toshkent davlat agrar universiteti Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan universitet hududidagi manzarali daraxtlarni parvarishlash hamda yashil makonni yanada rivojlantirishga qaratilgan bahorgi agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida manzarali daraxtlarni bahorgi oziqlantirish jarayonlari tashkil etilib, ularni mineral va kompleks o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari olib borildi. O‘g‘itlash jarayonida daraxtlarning biologik xususiyatlari hamda hududning tuproq-iqlim sharoitlari chuqur tahlil qilinib, eng maqbul agrotexnik yechimlar qo‘llanildi.
Ushbu o‘g‘itlar daraxtlarning ildiz tizimini mustahkamlash, bahorgi vegetatsiya davrida ularning o‘sishini jadallashtirish hamda sog‘lom rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

