logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent viloyatidagi Zulfiya aya Zokirova yodgorlik majmuasi poyiga gul qo’yishdi

view 209

Bugun viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida viloyat faollari, nuroniylar, xalq deputatlari, harbiy tuzilmalar va huquq-tartibot idoralari vakillari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, keng jamoatchilik hamda yoshlar ishtirokida Nurafshon shahri markazida joylashgan, matonat va vatanparvarlik ramziga aylangan o‘zbek ayoli — Zulfiya aya Zokirova yodgorlik majmuasi poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda universitetimiz rektori N.Oblomuradov boshchiligida faxriy professor-o’qituvchilar va yoshlardan iborat jamoa ham faol ishtirok etib, majmua poyiga gul qo’yishdi. Marosim O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadosi ostida boshlandi. Faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosidagi tantanali kuylar ostida yig‘ilganlar Vatanimiz ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan mard o‘g‘lonlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirdilar.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari “Vatanparvar bog‘i”da namoyish etilgan harbiy texnika va eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.