Bugundan Qoraqalpog’iston Respublikasining Nukus shahrida ''O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi sharoitida aqlli qishloq xo‘jaligi'' (Climate Smart Agriculture in Uzbekistan) mavzusida davra suhbati faoliyatini boshladi. Ushbu tadbir doirasida iqlim o‘zgarishiga moslashish, aqlli qishloq xo‘jaligi amaliyotlari va Orolbo‘yida agro-ekotizim yaratish masalalari muhokama qilinmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jahon banki hamda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamkorligida o’tkazilayotgan tadbirda rektorimiz Narzullo Oblomuradov hamda Toshkent davlat agrar universitetining bir guruh professor-o’qituvchilari ham ishtirok etmoqda.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov davra suhbatida muhokama etilayotgan masalalar bugungi kun uchun nihoyatda dolzarbligini alohida ta’kidlab, ushbu yo’nalishlarda ilmiy loyihalarni ko’paytirish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo’yicha takliflarni ilgari surdi.
Ijtimoiy tarmoqlar: