Universitet rektori N. Oblomuradov boshchiligida o‘tayotgan yig‘ilishda ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, agrar sohadagi samarali mehnati va erishgan yuksak yutuqlari uchun quyidagi professor-o‘qituvchilar va yoshlar e’tirof etildi. Jumladan, M.X.Dosmuxamedova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali hamda “Chorvachilik fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi, T.Sh. Akmalxonov “O‘zbekiston Respublikasi Chorvachilik fidokori” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi, F.K. Yakubov “O‘simliklarni himoya qilish” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi hamda M.R. Djiyanov, A.X. Rajabov, X.D. Irisov, S.S. Nurmonov Qishloq xo‘jaligi vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, Agrar soha rivojiga o‘z ilmiy salohiyati bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan olima ayollar va iqtidorli talaba qizlar G. Erdanova, N. Irismetova, S. Mamadaliyeva, N. Mirzaaxmedova, F. Nurmetova hamda F. Iksanovalar “Oltin kuz” medal bilan mukofotlandilar. Quvonarlisi shundaki, universitetimizning iqtidorli yoshlari xalqaro tanlovlarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilib kelmoqdalar. Shu bilan bir qatorda U.A. Mirxosilov MDH miqyosidagi “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni sohibi; B.O‘. Mirzayev MDH miqyosidagi “Vatan iftixori” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi; K.Sh. Abdukarimov SHHT doirasidagi “Start-up” loyihalar tanlovi 3-darajali diplom sovrindori; Sh.A. Abduraxmonov MDH miqyosidagi “Yosh tadqiqotchi” tanlovi g‘olibi; N.O. Nurmetova “Ilm yulduzlari” intellektual tanlovining Respublika bosqichi g‘olibasi; N.Z. Hamrayeva “Ayollar yetakchiligi” yo‘nalishidagi faolligi uchun sertifikat sohibasi taqdirlandilar.
Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi nomidan barcha taqdirlanganlarni ushbu yutuqlar bilan chin dildan muborakbod etadi hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlar:



