Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmalariga muvofiq, jamiyat va davlat hayotida faollik hamda tashabbuskorlik ko‘rsatib, o‘zining samarali mehnati bilan oila mustahkamligi va farovonligini ta’minlash, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar har yili 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Agronomiya va agrotexnologiyalar kafedrasi professori G.Abdalova “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mazkur yuksak e’tirof G.Abdalovaning ko‘p yillik samarali ilmiy-pedagogik faoliyati, soha rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi hamda fidokorona mehnatining munosib bahosidir.
Ushbu mukofot butun universitet jamoasi uchun ham katta faxr va sharafdir. G.Abdalovaga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik va yangi ilmiy yutuqlar tilaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlar:
