Plener davomida talabalar tog‘ manzaralari va uzumzor ranglarini tasvirlab, tabiatning kuzgi ohanglarini qog‘ozga mujassamlashtirishdi. Mazkur ijodiy jarayonga akademik A. Mamasaliyev, xalq ta’limi a’lochisi M. Qayumov hamda Universitet yoshlar yetakchisi S. Muhammadaminov boshchilik qildi.
Ushbu plener Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi doirasida o‘tkazilgan “Oltin kuz” xalqaro festivaliga muhim tayyorgarlik hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



