Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Unda Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan 7-, 8-, 14-, 26- va 45-maktab bitiruvchi o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar universitet hayoti, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ta’lim yo‘nalishlari hamda o‘quv jarayonining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular universitetning “Renessans” ma’ruzalar majmuasi, zamonaviy o‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn yo‘nalishlari hamda laboratoriyalar bilan tanishdilar.
Jarayon mobaynida universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Boboyev ham universitet faoliyati va ta’lim jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ochiq muloqot va tanishtiruv jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, oliy ta’lim tizimi va universitet imkoniyatlari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldilar.
Mazkur tadbir o‘quvchilarda oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish hamda kelajakdagi ta’lim yo‘lini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi. Tashrif yakunida o‘quvchilar universitet faoliyati haqida ijobiy taassurotlar bilan qaytdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:







