logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti O‘simlikshunoslik kafedrasi professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Namozov Fazliddin Baxromovich 44 yoshida bevaqt olamdan o’tdi

view 388

Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati va jamoasi shu munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.
Fazliddin Baxromovich 1982-yilda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida tavallud topgan edi. U o‘z hayotini qishloq xo‘jaligi ilm-fanini rivojlantirishga bag‘ishlab, TDAU talabasidan professorlik darajasigacha bo‘lgan sharafli yo‘lni bosib o‘tdi.
Ko‘p yillar davomida Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutida samarali ilmiy faoliyat olib bordi.
Toshkent davlat agrar universitetida kafedra mudiri hamda Agrobiologiya fakulteti dekani lavozimlarida fidokorona mehnat qildi.
Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputati sifatida ijtimoiy hayotda ham faol bo‘ldi.
Fazliddin Namozov o‘zining sermazmun faoliyati davomida ko‘plab shogirdlar tayyorlagan, paxtachlik va soyaning yangi navlarini yaratish ilmiy izlanishlar olib borgan yetuk mutaxassis edi.
Uning yorqin xotirasi hamkasblari va shogirdlari qalbida hamisha saqlanib qoladi. Marhumning oxiratlari obod, joylari jannatdan bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.