logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Polsha davlatining yetakchi ish beruvchi tashkiloti bilan hamkorlikda haq to‘lanadigan ishlab chiqarish-texnologik amaliyot dasturi doirasida talabalar uchun uchrashuv tashkil etdi

view 259

Uchrashuvda rus tilini yaxshi biladigan hamda Toshkent davlat agrar universitetining III-bosqichida tahsil olayotgan 50 dan ortiq talaba ishtirok etdi. Tadbir davomida talabalar Polshada o‘tadigan amaliyot dasturining shartlari, imkoniyatlari, saralash jarayoni va xalqaro tajriba orttirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, uchrashuv yakunida Toshkent davlat agrar universitetining 100 dan ortiq talabasi Polshaning Green Crops kompaniyasi va Krakov Qishloq xo‘jaligi universiteti vakillari tomonidan munosib taqdirlandi. Marosimda talabalarning faol ishtiroki, bilim va yutuqlari alohida e’tirof etildi.

Uchrashuv talabalar uchun xorijiy tajriba orttirish, malaka oshirish va kelajakda xalqaro mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish uchun muhim imkoniyat yaratdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.