Toshkent davlat agrar universiteti O‘simliklar himoyasi va karantini kafedrasi professor-o‘qituvchilari X.Raximov, S.Boltayev va A. Muminovlar Qozog‘iston Respublikasi Qoplonbek Oliy agrar-texnika kollejida o‘tkazilgan “Sun’iy intellekt va ta’lim uyg‘unlashuvi – yangi davr talabi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi, agrar sohada innovatsion yondashuvlar va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar muhokama qilindi. Universitet delegatsiyasi o‘z ilmiy ishlanmalari, tajribalari hamda ta’lim jarayonidagi ilg‘or amaliyotlarini taqdim etib, xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur tashrif o‘zaro tajriba almashish, ilmiy aloqalarni rivojlantirish va zamonaviy ta’limning yangi yo‘nalishlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



