logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti professor-o’qituvchisi xalqaro “Wheat Training for Uzbekistan 2025” o’quv kursida malakasini oshirmoqda

view 283

Toshkent davlat agrar universiteti "O‘simlikshunoslik" kafedrasi assistenti B.Isroilov xalqaro nufuzli CIMMYT (International Maize and Wheat Improvement Center) markazi tomonidan tashkil etilgan “Wheat Training for Uzbekistan 2025” o'quv kursida faol ishtirok etib malakasini oshirmoqda. Mazkur o'quv kursida O‘zbekistonlik yosh olimlar va tadqiqotchilarning  zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida boshoqli don ekinlari hosildorligini oshirish, don sifatini yaxshilash hamda  bugʻdoy seleksiyasi,fiziologiyasi, kasalliklari,biotexnologiyasi, qishloq xoʻjaligida tuproqni himoya qiluvchi va resurs tejovchi texnologiyalari va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyasi yo‘nalishlarida malakasini oshirishni maqsad qilgan.
Baxtiyor Isroilov o'quv kursi doirasida “Conservation Agriculture” (Qishloq xo'jaligida tuproqni himoya qiluvchi va resurs tejovchi texnologiyalar) bo‘limida ishtirok etib, yerga minimal ishlov berish, doimiy tuproq qoplamini saqlash va ekin almashinuvi kabi zamonaviy tamoyillarni amaliy o‘rganmoqda. O'quv kursi Meksikaning CIMMYT markazida boshlangan bo‘lib, hozirda Hindistonning BISA (Borlaug Institute for South Asia) markazida davom etmoqda.

Unda ishtirokchilar qishloq xoʻjaligida tuproqni himoya qiluvchi va resurs tejovchi texnologiyalar bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganishmoqda. Mazkur xalqaro o'quv kursi O‘zbekiston va CIMMYT o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh olimlarning ilmiy-amaliy tajribasini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.