logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti professor va dotsentlari Xalqaro savdo markazi (ITC) seminar-trenningida ishtirok etmoqda

view 315

Shveysariya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan Xalqaro savdo markazi (ITC) loyihasi doirasida Bishkek shahrida “Eksport uchun quritilgan mevalarni ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha trenerlar tayyorlash” mavzusida seminar-trening o‘tkazilmoqda. Mazkur treningda Toshkent davlat agrar universitetining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash” kafedrasi professori A. Azizov va dotsenti M. Ochilov konsultant sifatida ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda.

Seminar-treningning asosiy maqsadi eksport salohiyatini oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqaro talablar darajasida qayta ishlash va saqlash tizimini takomillashtirishdan iboratdir.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.