logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti talabalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida ochiq muloqot tashkil etildi.

view 219

Tadbir universitetning “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi qoshida faoliyat yuritayotgan “Aksilkorrupsiya” kovorking markazi faollari hamda fakultet rahbariyati tashabbusi bilan o‘tkazildi. Ochiq muloqot “Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish: talabalarning huquq va imkoniyatlari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda talabalar bilan ochiq va samimiy suhbat olib borildi.Tadbir davomida talabalarga korrupsiyaga oid holatlar yuzasidan murojaat qilish tartibi hamda anonim murojaat yuborish imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirish berildi. Jumladan, korrupsiya holatlariga duch kelgan taqdirda quyidagi yo‘llar orqali ta’lim muassasasi rahbariyatiga yozma yoki og‘zaki ravishda murojaat qilish; ishonch telefonlari orqali xabar berish; rasmiy veb-saytlar yoki elektron platformalar orqali ariza yuborish; universitetda joriy etilgan “TDAU antikor” maxsus Telegram-boti orqali shaxsini oshkor etmagan holda murojaat qilish mumkinligi ta’kidlandi.

Shuningdek, har bir anonim murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi, murojaat qilgan shaxsning maxfiyligi to‘liq ta’minlanishi, unga nisbatan har qanday ta’qib yoki bosimning oldi olinishi alohida qayd etildi. Mazkur uchrashuv talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni korrupsiyaga qarshi murosasiz pozitsiyada bo‘lishga undash hamda ta’lim tizimida shaffoflik va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.