logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Akademik litseyda “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida tungi o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

view 90

Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Akademik litseyda “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida o‘quvchi yoshlar va xodimlar ishtirokida tungi maxsus o‘quv-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahri va viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, Qibray tumani FVB, tuman IIB, Milliy gvardiya xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Mashg‘ulot davomida yong‘in, zilzila, tabiiy tusdagi favqulodda holatlar, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi yoki portlashi kabi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, aholining xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinishi bo‘yicha taktik-amaliy mashqlar o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.