logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov universitet doktorantlari bilan ochiq muloqot òtkazdi

view 78

Mazkur uchrashuvda ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish, doktorantlarning izlanishlari samaradorligini oshirish, innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh olimlarni ilm-fanga kengroq jalb etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Universitet rektori o’z sòzida “Zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar taraqqiyoti jarayonida yosh tadqiqotchilarning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, ilmiy yangiliklar, startap g‘oyalar va amaliy tadqiqotlarni rag‘batlantirish yo‘nalishida universitet tomonidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda”,— aytib òtdi.

Tadbir davomida, Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik yubileyi arafasida doktorantlarning kòngilli volontyorlar harakatida faol ishtiroki, o‘z ilmiy g‘oyalari va yangiliklari bilan universitet tarixiga yangi sahifa qo‘shayotganligi alohida e’tirof etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.