Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov universitetning 14-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar hamda universitet xotin-qizlar kengashi a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Mushoira klubi a’zolari tomonidan ijro etilgan she’rlar hamda milliy liboslarda ishtirok etgan yoshlar davraga o‘zgacha ruh va fayz bag‘ishladi. Rektor suhbat chog‘ida “Kim edigu, kim bo‘ldik? Har bir yosh ilm olishdan va izlanishdan to‘xtamasligi zarur. Biz esa talabalarni qiynayotgan muammolarni tinglab, ularning yechimini topishga doimo tayyormiz”,
— deya alohida ta’kidladi.
Shuningdek, yoshlarni xorijiy tillarni o’rganishi, har bir vaqtdan unumli foydalanishi muhimligi qayd etildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



