logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti “Renessans” ma’ruza zallari majmuasida “Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarning ta’lim olishi va ilm bilan shug‘ullanishiga yaratilayotgan imkoniyatlar” mavzusida keng qamrovli seminar bo‘lib o‘tdi

view 281

Seminarni Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor N. N. Oblomuradov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, ilm-fan va innovatsiyalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar TDIU Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, professor A. Muxtorov, TDIU professori I. Soifnazarov, “Qishloq hayoti” gazetasi bosh muharriri Ch. Latipov hamda Toshkent davlat agrar universitetining professor-o‘qituvchilari va faol talaba-yoshlar
Ular bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlar uchun ta’lim, ilmiy izlanishlar, startaplar va global hamkorliklar yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z qarashlari va tajribalari bilan bo‘lishdilar. Seminar davomida yoshlarga ilmiy loyihalarda qatnashish, xorijiy universitetlarda malaka oshirish, innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Tadbirning yakunida universitet rektori professor N. Oblomuradov tomonidan “Zamin bilan tutash taqdirlar” — Toshkent davlat agrar universiteti tarixiga bag‘ishlangan yangi asar hamda esdalik sovg‘alari tadbirda ishtirok etgan mehmonlarga tantanali ravishda topshirildi.

Seminar ishtirokchilari, xususan, yoshlar ilm-fan va innovatsiyalar sohasida faol bo‘lish, yangi g‘oyalar bilan chiqish va o‘z ustida ishlashga undovchi ko‘plab foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.