Avval xabar berganimizdek Toshkent davlat agrar universitetida yakuniga yetgan haftada xalqaro miqiyosdagi ilmiy forum bo’lib o’tdi. Ushbu forum doirasida universitetimizning tajriba xo’jaligida “Xitoy-O‘zbekiston xamkorligidagi zamonaviy qishloq xo‘jaligi innovasiyalar va fan texnikalar xamkorlik bazasini yaratish” mavzusida xalqaro dala-seminari ham tashkil etildi. Mazkur seminarda Toshkent davlat agrar universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlari, Uyg’ur avtonom rayoni qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, Xitoy Xalq Respublikasining yirik ishlab chiqarish korxonalari vakillari ishtirok etishdi va xo’jalikda olib borilayotgan amaliy ishlar, tajribalar va ularning natijalari bilan tanishdi.
Seminar ishtirokchilariga shuningdek Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon qishloq xo‘jaligi fanlari akademyasi homiyligida tashkil etilgan Chilonjiyda (Ziziphus jujuba Mll.) germplazma bazasi va Toshkent davlat agrar universiteti hamda Xitoyning Shinjon qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi hamkorligidagi хalqaro amaliy loyihasi doirasida Xitoydan keltirib ekilgan makkajo‘xori dalalari namoyish qilindi.




