logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti talabalari “Harbiy qismda bir kunim” loyihasida ishtirok etdilar

view 248

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Sport vazirligining 2023-yil 28-avgustdagi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida “Qalqon” jamoatchilik guruhlari faoliyat yuritmoqda. Shu munosabat bilan Chirchiq shahridagi 71201-harbiy qismda “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirokida “Harbiy qismda bir kunim” loyihasi o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti “Harbiy vatanparvarlik loyihalari” koordinatori, “Qalqon” jamoatchilik guruhi rahbari I. Murodullayev boshchiligida 15 nafar faol talaba qatnashdi.

Yoshlar harbiy xizmatchilarning kundalik mashg‘ulotlari, harbiy intizom va tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishib, Vatan himoyachilarining mashaqqatli, ammo sharafli xizmat faoliyatini o‘z ko‘zlari bilan kuzatdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.