Bugun Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov Polshaning “Green Crops” kompaniyasiga haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotiga ketayotgan 46 nafar talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuvda rektor talabalarga sabzavot ekinlarini (salat, endiviya, baby leaf kabi bargli sabzavotlar) ekologik toza va aqlli texnologiyalar asosida yetishtirish tajribasini o‘rganish, xorijiy innovatsion tajribalarni o‘zlashtirish hamda yuqori malakali kadrlar bo‘lib yetishish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Mazkur amaliyot ikki tomonlama akademik aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Shuningdek, universitet yoshlari uchun global oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik barqarorlik va zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘zlashtirish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.
