logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti talabalari “Traktorchi-mashinist” o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunladilar

view 108

“Traktorchi-mashinist” o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarimiz maxsus guvohnomalar bilan taqdirlandilar. Ushbu guvohnoma egalarining zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini boshqarish bo‘yicha yetarli bilim, malaka va amaliy ko‘nikmalarga ega ekanligini rasman tasdiqlaydi. O‘quv kursi davomida ishtirokchilar texnika xavfsizligi qoidalari, yo‘l harakati xavfsizligi talablari, qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali va to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur guvohnoma bitiruvchilarimizga mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi. Shuningdek, xorijiy davlatlarda o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashni rejalashtirgan talabalar uchun “Traktorchi-mashinist” guvohnomasi majburiy hujjat hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.