Toshkent davlat agrar universitetining 11 nafar iqtidorli talabalari hozirda Xitoyning Shinjon qishloq xo‘jaligi universitetida almashinuv dasturi asosida tahsil olmoqda. Mazkur dastur talabalarga nafaqat o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni oshirish, balki ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro darajadagi ilmiy-amaliy loyihalarda ishtirok etish imkonini bermoqda. Shinjon qishloq xo‘jaligi universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan mazkur hamkorlik ikki oliygoh o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Talabalar bu jarayonda qishloq xo‘jaligi, ekologiya, zamonaviy innovatsion texnologiyalar hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida chuqur bilimga ega bo‘lish bilan birga, yangi ilmiy qarashlarni ham o‘zlashtirmoqda.Va xitoy tilini òrganishmoqda
Ijtimoiy tarmoqlar:

