Malayziyaning Teknologi MARA universitetida bo‘lib o‘tgan “Sustainable Agriculture and Food Security-2025” nomli xalqaro yozgi maktab dasturida Toshkent davlat agrar universiteti Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti magistr talabasi Sh. Turopov Toshkent davlat agrar universiteti vakili sifatida ishtirok etdi. Dastur davomida barqaror qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik muvozanatni ta’minlashga oid nazariy hamda amaliy bilimlar o‘rganildi. Shuningdek, turli davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar bilan tajriba almashish imkoniyati yaratildi.
Ushbu dastur xalqaro miqyosda oziq-ovqat tizimlarini chuqurroq anglash va barqaror yechimlar ishlab chiqishga doir muhim ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


