Toshkent davlat agrar universiteti qishloq xo‘jaligi sohasida nafaqat yetakchi oliy ta’lim muassasasi, balki ilmiy-innovatsion islohotlarning markaziga aylanib bormoqda. Bugun Farg’ona viloyati Oltiariq tuman hokimligi bilan strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Tuman hokimi Sh.Turdaliyev va universitet rektori N.Oblomuradov tomonidan imzolangan ushbu kelishuv Oltiariq tumani yoshlari hamda bitiruvchilarimiz uchun yangi imkoniyatlarni ochib, ularning bandligini ta’minlashga imkon beradi, agrar soha uchun yangi tajribalar va innovatsiyalarni joriy qilishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Kelishuvga asosan, Oltiariq tumani bilan universitet o‘rtasida manzarali bog‘dorchilik, uzumchilik, ko‘chatchilik, meva-sabzavotchilik, asalarichilik, chorvachilik, ipakchilik, agronomiya, yangi navlarni joriy qilish, o‘simliklarni himoya qilish, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, ishlab chiqarishga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish ishlari olib boriladi. Mazkur kelishuv mamlakatimizda agrar sohani yanada rivojlantirish, hududlarda qishloq xo’jaligi sohasida eng ilg’or tajribalar, innovatsion yondashuvlar va ilg’or agrtexnologiyalarni joriy qilishga xizmat qiladi. Ayniqsa, yoshlar uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
