Toshkent davlat agrar universiteti xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni izchil davom ettirmoqda. Ana shunday yaqin hamkorlardan biri — Rossiyaning Kostroma davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasi vakillari hozirda universitetimiz mehmoni sifatida tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida universitet rektori Narzullo Oblomuradov hamda Akademiya rektori Mixail Stanislavovich Volxonov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar almashinuvi, ilmiy-pedagogik kadrlar malakasini oshirish, amaliyot va tajriba almashuvi yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi. Mehmonlar universitetda olib borilayotgan islohotlar, talaba-yoshlar va tadqiqotchilarning yutuqlari bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, yangi barpo etilgan “Qishloq mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” hamda “O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni” fakultetlari binolari, “Art galereya”, Registrator ofisi hamda professor Muhammad Ali Saidov o’quv xonalari faoliyati bilan tanishuv tashkil etildi.
Tashrif doirasida mehmonlar universitetda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, ta’lim va ijodiy muhitni yuksak baholab, ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada chuqurlashib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar: